DMCda Turk hammomi: Yengil qizishish san’ati

Turk hammomi — bu sharqona go‘zallik va sog‘liq rituallari bo‘lib, saunadan farqli o‘laroq yumshoq harorat rejimi (40–50°C) va yuqori namlik (100% gacha) bilan ajralib turadi. Diyor Medical Centerda hammom chuqur dam olish va tana parvarishi uchun sharqona osoyishtalik muhitida yaratilgan.

Hammomning o‘ziga xosligi va foydasi:

Yengil ta’sir: Nam bug‘ tanani muloyim isitadi, shu bilan protsedura an’anaviy saunalardagi yuqori haroratni qiyin ko‘radiganlar uchun ham qulay bo‘ladi.

Teri salomatligi: Nam bug‘ teri teshiklarini ochadi, uni tozalaydi va keyingi kosmetik protseduralarga tayyorlaydi, terini yumshoq va elastik qiladi.

Nafas olish tizimi: Hammomdagi nam havo nafas yo‘llarining shilliq qavatlariga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi va engil inhalatsion effekt beradi.

Antistress effekti: Hammomning o‘ziga xos muhitida kundalik tashvishlardan to‘liq xalos bo’lib, xavotir kamayadi va uyqu normalizatsiya qilinadi.

Hammomimizning afzalliklari:

An’analar va zamonaviylik: Sharqona uslubdagi interyer zamonaviy bug‘ generatori va iqlim nazorati tizimlari bilan to‘ldirilgan.

Estetika va qulaylik: Har bir detal — yoritishdan tortib to toshlarning haroratigacha — sizning qulayligingiz uchun ishlaydi.

Kompleks parvarish: DMC hammomi trenajyor zali yoki fizioterapiya protseduralaridan keyin kunni mukammal yakunlash vositasi bo‘ladi.